MehrNOZ Sotib olish ↑

Bu kitob oxiridan boshlanadi.
Bu sahifa ham.

Tepaga aylantiring

chunki bu…

ISTISNO

MehrNoz · sheʼrlar · Akademnashr

MehrNoz portreti, kitob uchun chizilgan.

Muallif

MehrNoz

MehrNoz (Mehrinoz Abbosova) — shoira. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori (2012), «Shuhrat» medali sohibasi (2017), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. «Men yoshlikman» (2011), «Yulduzrang qoʻshiqlar» (2014) va «Istisno» (2026) kitoblari muallifi.

Ibrohim Gʻafurov
“Asil lirika kitobi shunday sira tugamaydi.”
Ibrohim Gʻafurov(1937–2026)Oʻzbekiston Qahramoni, soʻzboshi muallifi

Kitob haqida

Ziyolilar fikri

Aziz Said

“Oʻzini shafqatsizlarcha fosh qiladigan, qalbining ogʻriqu lazzatlariga devonavor oshiqni koʻrasiz.”

Aziz Saidshoir
Batafsil

«Istisno» kitobida koʻnglingizday pok va goʻzal tuygʻularni, oʻziga va dunyoga isyonlarni, ruhning iztiroblariyu mastona raqslarini, dunyoga tushgan har nigohning sheʼrga aylanganiniyu, dilga qadalgan har nigohning kuyga aylanganini, ishqu oshiqlik iqrorlarida oddiy bandasining tasavvurlaridagi devoru qafaslarning vayron boʻlganini koʻrasiz, tashbehu qiyoslardagi tahayyul suratlari va manzaralari ichida bir-bir yashab oʻtasiz.

Oʻzini shafqatsizlarcha fosh qiladigan, qalbining ogʻriqu lazzatlariga devonavor oshiqni koʻrasiz.

Kitobning ilk sahifasidan soʻnggi sahifasiga qadar necha Mehrinozni koʻrasiz: dunyoga hayrat koʻzlarini tikkan, hayajonidan soddagina aytarini aytib tugatolmaydigan Mehrinozdan tortib yillariga gulu tikanlar bilan bostirib kirayotgan oʻz tuygʻularini dunyoni oʻrganayotgan chaqaloqdek bir-bir ushlab koʻrayotgan Mehrinozgacha, odamzodning mukammal siyratiyu tuban aʼmollariga lolu isyonkor Mehrinozdan tortib, bandasiyu bandasini yaratganga oshiqlik oʻrtasida goh hud, goh behud sarsona Mehrinozgacha...

Oʻzini izlab goh yoʻqotib goh topib kelayotgan, goh yurtu otasiga qurbon farzand, goh bir qanoti zanjirda bir qanoti samoda qushday maʼshuqa, goh baxtu xavotir ila bolasining koʻzlariga masrur choʻkkan ona, goh soʻzga ibodatidanu ichilmagan ruh maylardan sarxush shoira Mehrinozlarni koʻrasiz...

Yetib keldingiz.

Oxirgi sahifa — aslida birinchisi. Kitobning oʻzi shu yerdan boshlanadi.

Boshqa doʻkonlarda — tez orada.

Dizayn va ishlab chiqish — Zakovat AI Labs